Yahudiylar raqsi

Suv festivali, Kibbutz, Ramat Yohanan rasmi

Yahudiylar raqsi bu yahudiylar va yahudiylik taʼlimoti bilan bogʻliq diniy raqsdir. Ushbu raqs turi uzoq vaqtlardan beri yahudiylar tomonidan shodlik va boshqa umumiy his-tuygʻularni ifodalash vositasi sifatida ijro etib kelinadi. Raqs isroilliklarning sevimli mashgʻuloti boʻlib, diniy marosimlarda muhim rol oʻynaydi[1].

Ashkenazi va Sefarad anʼanalari bilan bogʻliq raqslar, ayniqsa yahudiylarning toʻy raqslari butun dunyodagi yahudiylar hayotining ajralmas qismidir. Sionizm va Isroil davlatining tashkil topishi bilan bogʻliq xalq oʻyinlari 1950-yillarda mashhur boʻla boshlagan[2].

  1. Landa, M. J. (1926). The Jew in Drama, p. 17. New York: Ktav Publishing House (1969). Each Jewish diasporic community developed its own dance traditions for wedding celebrations and other distinguished events.
  2. „Isroilda xalq raqlarining mashhur bo'lish strategiyasi“. 2013-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-may.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search